Platforma

Agent kechasi qilgan ish - to’qqizta ekranda

Yozishmalarni o’qib chiqish shart emas. Ertalab panelni ochasiz va ko’rasiz: kim yozdi, nima haqida, kimga uzatildi va endi nima qilish kerak.

Ishlayotgan ekranlar; qurilayotgani belgilangan Menyudan bo’limni tanlang Demo agentlik ma’lumoti
Bugun

Bosh sahifa

31-iyul Agent ishlayapti

Sutka davomida nima bo’ldi va hozir nimaga e’tibor kerak.

47sutkalik suhbat
12issiq lid
3javob kutmoqda
4menejer kerak
7 kunlik lidlareng yuqorisi - yakshanba
DuSeChPaJuShYa
Nima ko’p so’raldi
Kechasi Lidra 19 ta suhbat o’tkazdi. 6 tasi issiq va menejerlarga biriktirildi. Bittasi ham javobsiz qolmadi.
Agent o’zi nima qildiso’nggi 12 soat

Har bir suhbat tayyor xulosa bilan - yozishmani o’qish shart emas.

AI xulosasi · Dilshod02:47 - 03:04
Sharm, 15-22 avgust, 2 kattalar, byudjet ~1 700$. Raqobatchi skrinshotini yubordi: 5* BB, 1 800$. Lidra tarkib bo’yicha taqqosladi: bizdagi 4* all inclusive 1 690$ ichida ovqat bor. Narx e’tirozi yopildi.
Keyingi qadam: ikkala variant PDF, 09:00 gacha
Doska - rejada; javobsiz lidlar bosh sahifada va hisobotda allaqachon bor

Lid qaysi bosqichda va kimda qolib ketgan.

4 ta lid «Taklif yuborildi» bosqichida 48 soatdan ortiq turibdi. Ular alohida ro’yxatga yig’ilgan - suhbat xulosasi va qancha kutgani bilan.
Rejada - bu ekran hali qurilyapti

Shunday ko’rinadi. Panel hozir nima ko’p so’ralganini allaqachon sanaydi - kanalga post qo’yish keyin qo’shiladi.

Mavzular haftalik real mijoz savollaridan olinadi. Siz faqat tasdiqlaysiz.

Haftalik radar: 14 kishi Sharm narxini so’radi · 9 kishi bolaga chegirma haqida so’radi · 6 kishi Umra sanasini so’radi.

Har kuni 20:00 da Telegramingizga tushadi. Bu o’sha hisobot, faqat ekranda.

Kun yakuni31.07
Jami suhbat47
Menejerga uzatilgan12
O’rtacha javob vaqti24 s
Javobsiz lid4
Ish vaqtidan tashqari19
Xodimlar bo’yicharejada
4 ta lid 48 soatdan ortiq menejer javobisiz turibdi. Ko’p so’raldi: Sharm 14 · Umra 9 · Dubay 6.
Rejada - bu ekran hali qurilyapti

Shunday ko’rinadi. Moliya CRM integratsiyasi bilan birga paydo bo’ladi - usiz raqamlar qayerdan kelsin.

To’lovlar, qarzdorlik va oy yakuni bronlar va CRM’dan o’zi yig’iladi.

128,4mlnoylik tushum
41,8mlnkutilmoqda
9,2mlnmijoz qarzi
+31%o’tgan oyga nisbatan
Yaqin to’lovlarsummalar so’mda
Rejada - bu ekran hali qurilyapti

Shunday ko’rinadi. Davomat - alohida paket, u sotuvdan keyin keladi.

Xodim rasm bilan belgilanadi: kelish va ketish. Yuz namuna bilan solishtiriladi, nuqta ofis manzili bilan.

Bugun ofisda4 / 5
Iyul · Sardor22 / 23
o’z vaqtida kechikish kelmagan dam olish
Geozona 150 m. Uydan turib belgilanib bo’lmaydi. Oylik tabel bitta fayl bilan yuklanadi.

Agent faqat shu yerda yozilgan narsani aytadi. Yozilmagan narsani o’ylab topmaydi — menejerdan so’raydi.

Agent nimani biladitahrirlash uchun bosing
Hech qachon aytmaydiqattiq qoidalar
Narxni o’zgartirdingiz - agent keyingi javobdan yangi narxni aytadi. Kim va qachon tahrirlagani qatorda ko’rinadi. Eski yozishmalar o’zgarmaydi.

Har bir kalit - alohida qadam, qo’llanmasi bilan. Ochish uchun qatorni bosing.

3 / 5
Kalitlar hech qayerga ketmaydi. Ular AES-256-GCM bilan shifrlanadi, interfeysda maska bilan ko’rsatiladi, loglarga va xato hisobotlariga hech qachon tushmaydi.

Panel sizsiz nima qiladi

Gap siz tez-tez kirib turishingizda emas. Gap kamroq kirishingiz kerakligida.

Hisobot 20:00 da Telegramga keladi, siz sahifani ochishingizni kutmaydi.

Javobsiz qolgan lidlar - alohida ro’yxat: kimga ketgan, qancha turgan va nima haqida gap borgan.

O’zi tartiblaydi

Lid xulosasi va aloqasi bilan birga lid chatingizga darrov tushadi. Yozishmani o’qish shart emas, qo’lda hech narsa ko’chirilmaydi.

O’zi eslatadi

Menejerga ketgan va 48 soatdan ortiq javobsiz turgan lid bosh sahifaga va hisobotga alohida ro’yxat bo’lib chiqadi - suhbat xulosasi va qancha kutgani bilan.

O’zi hisoblaydi

Lid soni, javob vaqti va ish vaqtidan tashqari murojaatlar o’sha suhbatlardan hisoblanadi, ikkinchi jadval kerak emas. Tushum va xodimlar davomati - rejada.

Sinmasligi uchun

Odatda nima uziladi va biz buni qanday ushlaymiz

Bularning hammasini ko’rganmiz. Panel ularni o’zi kuzatadi va mijoz sezishidan oldin sizga yozadi.

Nimadir uzilsa - Telegramga xabar keladi, jimlik emas.

«Rejada» deb belgilangan bandlar CRM integratsiyasiga tegishli - u hali qurilyapti.

Token ikkita joyda ishlayapti

Eng ko’p uchraydigan buzilish. Ikkinchi ulanish webhookni jimgina o’ziga tortadi va bot javob bermay qo’yadi. Shuning uchun bitta bot faqat bitta agentlikka bog’lanadi: begona tokenni panel qabul qilmaydi.

Kalit muddati tugadi

amoCRM tokeni 1 yil, CRM kaliti istalgan payt bekor qilinishi mumkin. Tugashiga 14 kun qolganda eslatma keladi, uzilgan kuni jimlik emas.

Rejada: CRM integratsiyasi

Xodim ishdan bo’shadi

Agar Bitrix24 webhooki uning nomidan yaratilgan bo’lsa, u ham o’chadi. Shuning uchun kalitlarni direktor hisobidan yarating.

Rejada: CRM integratsiyasi

Guruh supergroup ga aylandi

Bunda guruh ID o’zgaradi va lidlar odatda jimgina kelmay qoladi. Panel identifikator o’zgarganini ushlaydi va lid chatini o’zi ko’chiradi - hech narsa qilish shart emas.

Javoblar limiti tugadi

Ogohlantirish limitning 80% ida keladi. Limit tugaganda agent javob berishni to’xtatadi, lekin mijoz jimlikda qolmaydi: unga «menejerimiz tez orada javob beradi» deb yoziladi, xabari esa baribir lid chatiga tushadi. Lid yo’qolmaydi.

CRM huquqlari yetmayapti

Agar integratsiyada yozish huquqi bo’lmasa, lid yaratiladi, bitim esa yo’q. Aloqa tekshiruvi buni ulash paytidayoq ushlaydi, bir haftadan keyin real mijozlarda emas.

Rejada: CRM integratsiyasi
Xavfsizlik

Kalitlar, kirish va mijoz ma’lumoti

Siz bizga CRM va mijozlar bilan yozishmaga kirish berasiz. Ular bilan nima bo’lishi mana shu.

Har qanday kalitni bizga murojaat qilmasdan, panelning o’zidan bekor qilish mumkin.

Agentlik ma’lumotini butunlay o’chirish - bitta so’rov bilan. Eksport - rejada.

Kalitlar shifrlanadi

AES-256-GCM. Bot tokeni va AI kaliti diskda shifrlangan holda yotadi. Interfeysda maska bilan ko’rsatiladi, loglarga va xato hisobotlariga hech qachon yozilmaydi - hatto tizim yiqilganda ham.

Ma’lumot ajratilgan

Bazaga har bir so’rovda agentlik identifikatori majburiy. Usiz so’rov bajarilmaydi - begona ma’lumot qaytarmaydi, umuman ishlamaydi.

Kirish va sessiyalar

Parol faqat scrypt-xesh sifatida saqlanadi - bizda uning o’zi yo’q. Sakkizinchi xato urinish kirishni 10 daqiqaga yopadi. Parol almashtirilsa qolgan hamma sessiya uziladi, tiklash esa o’z Telegramingiz orqali boradi: 6 raqamli kod, 10 daqiqa, bir marta.

Kirishni bekor qilish

Bot va lid chati paneldan bir bosishda uziladi, kalitlar ham o’sha yerdan bekor qilinadi. Hozircha agentlikka kirish bitta - egasi uchun umumiy.

Rejada: ega va menejer rollari, xodimga taklif havolasi

Harakatlar jurnali

Kim va qachon kalitni o’zgartirgan, kirishni bekor qilgan, tabelni yuklab olgan - alohida yoziladi va interfeysdan tahrirlanmaydi.

Mijoz bizda qolmaydi

Yozishma ishga kerak bo’lgunicha saqlanadi va agentlik ma’lumoti o’chirilganda u ham ketadi. Ular ustida model o’rgatmaymiz va uchinchi shaxsga bermaymiz.

Panelni o’z ma’lumotingizda ko’ring

Bir kunda ulaymiz, tarixingizni yuklaymiz va birinchi tungi hisobotni ko’rsatamiz. Yoqmasa, shunchaki to’lamaysiz.

Avval qanday javob berishini ko’rmoqchimisiz? Bizning sotuvchimizga mijoz bo’lib yozing.

3 kun bepul sinash